Skip to main content

IELTSga mustaqil tayyorlanish uchun eng yaxshi 10 ta kitob.

Hozirgi kunda aksariyat nashriyotlar IELTS imtihonlariga tayyorlanish uchun ihtisoslashgan kitoblarni chop etmoqda. Shunday ekan to'g'ri tanlangan kitob, imtihonga tayyorlanishning garovidir.

Ammo bunday kurslarga borish uchun hammaning ham imkoniyati yetarli emas, shuning uchun ko'pchilik IELTS imtihonlariga mustaqil tayyorlanishni maqul ko'rishadi. Agar siz IELTS imtihoniga mustaqil tayyorlanishni istasangiz, Bu blogda imtihonning har bir qismi uchun alohida tayyorlagan maslahatlar bilan tanishib oling.

Mustaqil tayyorlanish uchun siz mahsus kitoblardan foydalanishningiz kerak bo'ladi.



1."Insight into IELTS", Vanessa Jakeman and Clare McDowell

Insight into IELTS - bu "Cambridge University Press"ning kitoblar seriyasi bo'lib imtihonlariga mustaqil tayyorlanish uchun yaxshi kitob sifatida tan olingan. Kitoblarda imtihonning hamma bosqichlari uchun yetarlicha ma'lumotlar, javoblari ko'rsatilgan mashg'ulot va savollar, hamda eshtib tushunish qobiliyatini rivojlantirish uchun CD disklar bilan birgalikda foydalaniladi.


2. "Как сдать IELTS", Е.П. Протасеня


Bu kitob IELTS imtihoniga tayyorlanishning birinchi bosqichi uchun mos keladi. Kitobni o'qigach, imtihonning borishi, eng ko'p beriladigan vazifalar va imtihonni yaxshi topshirish uchun qanday strategiyadan foydalanish kerakligi haqida tushunchaga ega bo'lib olasiz. Bundan tashqari kitob, kichkina, lekin IELTS imtihonida uchraydigan noyob so'zlardan tuzulgan foydali lug'ati bilan ham foydali. Ayniqsa READING qismini ko'pchilik mutaxassislar tavsiya qilishadi.



3. "101 Helpful Hints for IELTS", Garry Adams

Bu qo'llanma IELTSga tayyorlanish uchun eng yaxshilaridan sanaladi. Kitob yaxshi tizimlangan va imtihonni yaxshi topshirish uchun foydalanish mumkin bo'lgan "ayyorlik"lar haqida ham ma'lumot beradi. Kitobda o'z bilimlarini tekshirib borish uchun topshiriqlar bor va ular qiyinlashi boradi



4. "Longman Exams Dictionary"


Bu kitob IELTS imtihonlarida eng ko'p qo'llanilgan atama va so'zlardan tashkil topgan lug'atga ega. Kitob ingliz tilidagi og'zaki va yozma nutqdagi farqlarni tushunib olishga yordam beradi. Shuningdek qo'llanmada quyidagi bo'limlar bor: Writing Guide (Ingliz tili topshiriqlaridagi Britaniya standartlari haqida tushunchalar), Topic Activator (IELTSda eng ko'p uchraydiga mavzulardan so'z boyligini oshirish),Essay Activator (Ingliz tilida Essay yozish uslublari). Eng asosiysi kitob, insonlar ishlatishda eng ko'p xato qiladigan so'zlar haqida ham tushunchalar berib boradi.



5. "Cambridge IELTS Practice Tests 1-9"


Bu seriyadagi kitoblardan foydalanish test topshiriqlarini yechish uchun kerakli ma'lumotlarni beradi. Bu qo'llanmalarning foydali jihatlaridan biri, bu IELTS imtihonlarida avval ishlatilgan ma'lumotlardan tashkil topganligidir.To'g'ri ularni imtihonda uchratmaysiz, lekin, bu qo'llanmadan foydalangach sizda imtihonda beriladigan topshiriqlar haqida tushuncha paydo bo'ladi.



6. "IELTS Practice Tests", Pearson Longman to'plami.


Ikkta kitobdan tashkil topgan kitovlar seriyasidan, imtihonda haqiqatdanham yuqori ball olishni istaganlar foydalanishadi. Qo'llanmaning bajarish juda qiyin bo'lgan test topshiriqlaridan tashkil topganligi uni boshqalaridan ajratib turadi.Shunday ekan agar siz ushbu kitobdagi topshirilarni 5,5 ballga bajargan bo'lsangiz, haqiqiy IELTS imtihonida yuqoriroq ballga umid qilsangiz bo'ladi.


7. "IELTS Preparation and Practice", Oxford to'plami


Bu kitoblar to'plami IELTS imtihonidan oldin ko'proq amaliy bilimlarni egallashni istaganlar uchun juda foydali. Kitobda imtihonning barcha bosqichlaridan topshiriqlar va ma'lumotlar berilgan.



8. "Cambridge Grammar for IELTS with answers"


Bu kitob boshqa qo'llanmalardan, aynan imtihonning aynan bir turiga qaratilgani bilan ajralib turadi. Bu IELTS haqida kitob emas, balki Inliz tili qo'llanmasi. Bu kitob sizning Ingliz tili grammatikasi borasidagi bilimlaringizni oshiradi.



9. "Cambridge Vocabulary for IELTS with answers"


Bu kitob sizning so'z boyligingiz, imtihonda foydalaniladigan atama va iboralarni o'rganishingiz uchun foydalidir.



10. "Cambridge Commonmistakes at IELTS intermediate"


IELST imtihoniga tayyorlanish davomida, sizdan faqatgina ingliz tilini o'rganish emas, imtihonning qanday borishi va bosqichlari haqida ham bilib olishingiz zarur. Bu kitob IELST imtihonini topshiruvchilar orasida eng ko'p uchraydigan xatolar haqida so'z yuritadi.

Popular posts from this blog

Dunyoning eng keng ko'chasi, eng suvi toza dengiz va boshqa qiziqarli faktlar!

Dunyodagi eng keng ko'cha Braziliyada joylashgan bo'lib kengligi 250 metrga boradi. ••• Janubiy Amerika qit'asida okean bilan chegaradosh bo'lmagan ikki davlat mavjud. Ulardan biri Boliviya bo'lsa, ikkinchisi Paragvaydir. ••• 1930-1931 yillarda sobiq ittifoq inqilobiy taqvimiga muvofiq, fevral oyi 30 kundan iborat bo'lgan. ••• Jahon internet to'ridagi eng katta oldi-sotdi portali esa www.eBay.com hisoblanadi. Mazkur saytning 168 mln. nafar foydalanuvchisi bor. ••• Dunyodagi eng toza suvga ega bo'lgan dengiz Antarktidadagi Ueddela dengizidir. ••• Evropa qit'asida odam yashamaydigan xilvat joyni topa olmaysiz. ••• Yaponiya taxminan 3900 oroldan tashkil topgan. ••• Mongoliya poytaxti Ulan-Bator dunyodagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi. ••• Nauru rasmiy poytaxtga ega bo'lmagan yagona davlatdir. ••• Karib oroli davlatlari ichida temir yo'lga ega bo'lgan birgina davlat Kubadir. ••• AQShning 23 ta shtat...

Qanday qilib ingliz tilini tezda o'rgansa bo'ladi?

Odatda menga eng ko‘p beriladigan savollardan biri til o‘rganish bilan bog‘liq: «Ingliz tilini qanday tezroq o‘rgansam bo‘ladi?» Shu sababli, mazkur maqolada har qanday til o‘rganishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish kerakligi haqida 5 maslahat bermoqchiman . 1. Maqsadni aniq belgilab oling. Aniq maqsadsiz biron ishda, xususan til o‘rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o‘zi nimaga o‘rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o‘qishdan keyin xususiy til o‘rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha «Why do you want to study English?» savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko‘pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan «Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar» deydiganlar ko‘p uchrar edi. Til o‘rganish uzun va mashaqqati jarayon bo‘lgani sababli, bu yo‘lga aniq maqsadsiz chiqqan kishi tilni hech qachon o‘rgana olmaydi. Aksincha, oldingizga qo‘ygan maqsadingiz qancha jiddiy ...