Palov o'zbek xalqining eng sevimli taomi hisoblanadi. Har bir oilada haftasiga kamida ikki marta albatta palov pishiriladi. Odamlar xursandchilik kunlarida, to'ylarda va azada ham palovsiz marosim o'tkazmaydi. O'zbekiston ahli uchun palov nafaqat taom, balki haqiqiy san'at asaridir. Chunki har bir viloyatning o'ziga xos palovi bor. Quyida palov haqida qiziqarli faktlarni e'tiboringizga havola etamiz. 1. Dunyoning ko'plab davlatlarida palov o'sha joyda yashovchilar tarafidan alohida nomlangan. Masalan, Ispaniyada palovni Paelya deb atashadi. Uning o'zbek palovidan farqli jihati shundaki, paelya dengiz mahsulotlari qo'shilgan holda tayyorlanadi. 2. Qadimda O'rta Osiyoda palovni qo'y terisiga o'rab pishirishgan. Buning uchun chuqur kovlangan. Qalin va mustahkam qo'y terisiga palov masalliqlari solib berkitilgan. Teri ustiga ko'mir tashlab olov yoqishgan. Shunday qilib ichkaridagi harorat bir xilda ushlab turilga...
Qiziqarli va kerakli ma'lumotlar