Skip to main content

Posts

IELTSga mustaqil tayyorlanish uchun eng yaxshi 10 ta kitob.

Hozirgi kunda aksariyat nashriyotlar IELTS imtihonlariga tayyorlanish uchun ihtisoslashgan kitoblarni chop etmoqda. Shunday ekan to'g'ri tanlangan kitob, imtihonga tayyorlanishning garovidir. Ammo bunday kurslarga borish uchun hammaning ham imkoniyati yetarli emas, shuning uchun ko'pchilik IELTS imtihonlariga mustaqil tayyorlanishni maqul ko'rishadi. Agar siz IELTS imtihoniga mustaqil tayyorlanishni istasangiz, Bu blogda imtihonning har bir qismi uchun alohida tayyorlagan maslahatlar bilan tanishib oling. Mustaqil tayyorlanish uchun siz mahsus kitoblardan foydalanishningiz kerak bo'ladi. 1."Insight into IELTS", Vanessa Jakeman and Clare McDowell Insight into IELTS - bu "Cambridge University Press"ning kitoblar seriyasi bo'lib imtihonlariga mustaqil tayyorlanish uchun yaxshi kitob sifatida tan olingan. Kitoblarda imtihonning hamma bosqichlari uchun yetarlicha ma'lumotlar, javoblari ko'rsatilgan mashg'ulot va savollar...

Buyuk shaxsdan muvaffaqiyatli bo'lishning sirlari

Bugun biz insoniyatga o’z aqliy salohiyati bilan sarmoya to’plagan eng boy odam sifatida tanilgan Bill Geytsdan muvaffaqiyat sirlarini o'rganamiz.  Bill Geytsga ham omad darrov kelib qolmagan. Maktabda o’qiganda gramatika, huquqshunoslik va boshqa fanlardan o’zlashtirishi ancha yomon bo’lgan, Bill bu fanlarni siyasi chiqqan, deb hisoblardi. Hatto boshlangich maktabda yomon hulqi uchun uni psixiatrga ham jo’natishgan. O’z hotiralarida buni kompyuter bilan o’ta qiziqish oqibati deb izohlagan. Bo’sh vaqtining hammasi programmalashtirish bilan o’tar edi. Haftasiga 20-30 soatlab kompyuter sinfida vaqtini o’tkazar edi. Bir safar uning uchun kompyuterga parol qo’yishadi, ammo u ko’p o’tmay parolni buzadi. Natijada yoz bo’yi kompyuter sinfiga kirishi taqiqlanadi. Garvard universitetida ham noqulayliklarga uchrab turardi – uni ikkinchi kursda haydab yuborishadi. Buni ham Bill o’z foydasiga o’giradi. Endi u progrommalashtirishga ko’proq vaqt sarflashi mumkin edi-da. Oradan ikki yi...

Dunyoning eng keng ko'chasi, eng suvi toza dengiz va boshqa qiziqarli faktlar!

Dunyodagi eng keng ko'cha Braziliyada joylashgan bo'lib kengligi 250 metrga boradi. ••• Janubiy Amerika qit'asida okean bilan chegaradosh bo'lmagan ikki davlat mavjud. Ulardan biri Boliviya bo'lsa, ikkinchisi Paragvaydir. ••• 1930-1931 yillarda sobiq ittifoq inqilobiy taqvimiga muvofiq, fevral oyi 30 kundan iborat bo'lgan. ••• Jahon internet to'ridagi eng katta oldi-sotdi portali esa www.eBay.com hisoblanadi. Mazkur saytning 168 mln. nafar foydalanuvchisi bor. ••• Dunyodagi eng toza suvga ega bo'lgan dengiz Antarktidadagi Ueddela dengizidir. ••• Evropa qit'asida odam yashamaydigan xilvat joyni topa olmaysiz. ••• Yaponiya taxminan 3900 oroldan tashkil topgan. ••• Mongoliya poytaxti Ulan-Bator dunyodagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi. ••• Nauru rasmiy poytaxtga ega bo'lmagan yagona davlatdir. ••• Karib oroli davlatlari ichida temir yo'lga ega bo'lgan birgina davlat Kubadir. ••• AQShning 23 ta shtat...

Bizning blogga xush kelibsiz!

Assalommu alaykum! Bugundan boshlab ushbu blog orqali sizlarga: • Qiziqarli ma'lumotlar • Rekordlar • Turfa maqolalar • Hajviyalar • Ingliz tili saboqlari • Sayt yaratish sirlari • Dasturlash tillari va boshqalar haqida  ushbu blogga maqolalar joylab boraman. O'ylaymanki maqolalarimiz sizga manzur keladi!