Skip to main content

Palov haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar!


Palov o'zbek xalqining eng sevimli taomi hisoblanadi. Har bir oilada haftasiga kamida ikki marta albatta palov pishiriladi. Odamlar xursandchilik kunlarida, to'ylarda va azada ham palovsiz marosim o'tkazmaydi. O'zbekiston ahli uchun palov nafaqat taom, balki haqiqiy san'at asaridir. Chunki har bir viloyatning o'ziga xos palovi bor. Quyida palov haqida qiziqarli faktlarni e'tiboringizga havola etamiz.

1. Dunyoning ko'plab davlatlarida palov o'sha joyda yashovchilar tarafidan alohida nomlangan. Masalan, Ispaniyada palovni Paelya deb atashadi. Uning o'zbek palovidan farqli jihati shundaki, paelya dengiz mahsulotlari qo'shilgan holda tayyorlanadi.

2. Qadimda O'rta Osiyoda palovni qo'y terisiga o'rab pishirishgan. Buning uchun chuqur kovlangan. Qalin va mustahkam qo'y terisiga palov masalliqlari solib berkitilgan. Teri ustiga ko'mir tashlab olov yoqishgan. Shunday qilib ichkaridagi harorat bir xilda ushlab turilgan.

3. Palov X-XI asrlar oralig'ida paydo bo'lgan. Tarixiy manbalarda bitilganki, o'sha davrlarda palov to'ylarda, katta bayramlarda dasturxonga tortilgan.

4. O'z davrida sohibqiron Amir Temur palovni askarlarning taomnomasiga qo'shgan. Bir kuni Anqaraga hujum arafasida uning boshi qotgan. Armiya katta, qanday qilib bu jangchilarning qorni to'yar darajadagi, barchasiga yetadigan darajadagi taom pishirsa bo'ladi? Shunda xos mullalaridan biri maslahat bergan. U aytganki, palov pishirilib, bittadan chashkada jangchilarga tarqatilsa, nafaqat yetarli bo'ladi, balki, jangchi shu miqdordagi palovdan ikki-uch kunga yetadigan kuch to'playdi… Qarabsizki, Amir Temur armiyasi Anqaraga qilingan hujumda g'alaba qozondi. O'shandan keyin sohibqiron palovni armiyaning asosiy taomiga aylantirgan.

5. Ayrim tarixiy manbalarda yozishlaricha, dunyoda palovni birinchilardan bo'lib Aleksandr Makedoniskiy armiyasi jangchilari tatib ko'rgan ekan.

6. Turkiya va Eronda palovni baliq bilan ham tayyorlashadi. Ular guruchni va boshqa masalliqlarni alohida-alohida pishirib, tovoqqa suzayotgandagina aralashtirishadi.


GURUCh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR


1. Guruchni muzlatib qo'yish mumkin emas. Muzlatish uning barcha xususiyatlarini yo'qqa chiqaradi.

2. Guruchning 70 foiz qismi uglevodlardan iborat. Oqsil unda juda kam. Shu sababli guruch parhezi hech qachon foyda bermaydi.

3. Kosmetik upalar ham asosan guruchdan tayyorlanadi.

4. Sholi poyasidan sanoatda qog'oz va karton ishlab chiqarishda foydalaniladi.

5. Guruch yetishtirish bundan taxminan 9-10 ming yil oldin an'anaga aylangan ekan.

6. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, dunyoda 1 milliard nafardan ko'proq odam aynan sholikorlik bilan shug'ullanadi.

7. Ayrim tog'li hududlarda faqat qizil guruch yetishtiriladi.

8. Guruch dunyoning ko'plab mamlakatlarida boylik timsoli sanaladi. Shuning uchun yangi kelin-kuyovning boshidan guruch sepishadi.

*Olimjon HAYIT tayyorladi

Popular posts from this blog

Dunyoning eng keng ko'chasi, eng suvi toza dengiz va boshqa qiziqarli faktlar!

Dunyodagi eng keng ko'cha Braziliyada joylashgan bo'lib kengligi 250 metrga boradi. ••• Janubiy Amerika qit'asida okean bilan chegaradosh bo'lmagan ikki davlat mavjud. Ulardan biri Boliviya bo'lsa, ikkinchisi Paragvaydir. ••• 1930-1931 yillarda sobiq ittifoq inqilobiy taqvimiga muvofiq, fevral oyi 30 kundan iborat bo'lgan. ••• Jahon internet to'ridagi eng katta oldi-sotdi portali esa www.eBay.com hisoblanadi. Mazkur saytning 168 mln. nafar foydalanuvchisi bor. ••• Dunyodagi eng toza suvga ega bo'lgan dengiz Antarktidadagi Ueddela dengizidir. ••• Evropa qit'asida odam yashamaydigan xilvat joyni topa olmaysiz. ••• Yaponiya taxminan 3900 oroldan tashkil topgan. ••• Mongoliya poytaxti Ulan-Bator dunyodagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi. ••• Nauru rasmiy poytaxtga ega bo'lmagan yagona davlatdir. ••• Karib oroli davlatlari ichida temir yo'lga ega bo'lgan birgina davlat Kubadir. ••• AQShning 23 ta shtat...

IELTSga mustaqil tayyorlanish uchun eng yaxshi 10 ta kitob.

Hozirgi kunda aksariyat nashriyotlar IELTS imtihonlariga tayyorlanish uchun ihtisoslashgan kitoblarni chop etmoqda. Shunday ekan to'g'ri tanlangan kitob, imtihonga tayyorlanishning garovidir. Ammo bunday kurslarga borish uchun hammaning ham imkoniyati yetarli emas, shuning uchun ko'pchilik IELTS imtihonlariga mustaqil tayyorlanishni maqul ko'rishadi. Agar siz IELTS imtihoniga mustaqil tayyorlanishni istasangiz, Bu blogda imtihonning har bir qismi uchun alohida tayyorlagan maslahatlar bilan tanishib oling. Mustaqil tayyorlanish uchun siz mahsus kitoblardan foydalanishningiz kerak bo'ladi. 1."Insight into IELTS", Vanessa Jakeman and Clare McDowell Insight into IELTS - bu "Cambridge University Press"ning kitoblar seriyasi bo'lib imtihonlariga mustaqil tayyorlanish uchun yaxshi kitob sifatida tan olingan. Kitoblarda imtihonning hamma bosqichlari uchun yetarlicha ma'lumotlar, javoblari ko'rsatilgan mashg'ulot va savollar...

Qanday qilib ingliz tilini tezda o'rgansa bo'ladi?

Odatda menga eng ko‘p beriladigan savollardan biri til o‘rganish bilan bog‘liq: «Ingliz tilini qanday tezroq o‘rgansam bo‘ladi?» Shu sababli, mazkur maqolada har qanday til o‘rganishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish kerakligi haqida 5 maslahat bermoqchiman . 1. Maqsadni aniq belgilab oling. Aniq maqsadsiz biron ishda, xususan til o‘rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o‘zi nimaga o‘rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o‘qishdan keyin xususiy til o‘rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha «Why do you want to study English?» savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko‘pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan «Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar» deydiganlar ko‘p uchrar edi. Til o‘rganish uzun va mashaqqati jarayon bo‘lgani sababli, bu yo‘lga aniq maqsadsiz chiqqan kishi tilni hech qachon o‘rgana olmaydi. Aksincha, oldingizga qo‘ygan maqsadingiz qancha jiddiy ...