Xorijiy tilni asosan muloqot uchun o’rganishadi. Ingliz tili ayni davrda juda ommalashganini hisobga olsak, ingliz tilida gapirishni o’rganish har qaysi soha vakillari uchun foydali bo’lishi mumkin. Har kim tilni turli usullarda o’rganadi. Barcha uchun bitta qoida amal qilishiga ishonmayman. Xorijiy tilda gapirishni o’rganish haqida gap ketganda esa tilni boshqa maqsadlarda, umumiy o’rganishga nisbatan farqli jihatlarga e’tibor qaratish zarurligini ko’rishimiz qiyin emas. Ushbu maqolada ingliz tilida gapirishni o’rganishingizda yordam berishi mumkin bo’lgan ba’zi shaxsiy sinovimdan o’tgan tavsiyalarni bermoqchiman. Aytib o’tganimdek, bitta qoida barcha uchun amal qilmaydi. Shunday ekan, ingliz tilida gapirishni o’rganishning o’zingizga eng qulay bo’lgan usulini tanlab oling! Ingliz tilida gapirishni gapirish orqali o’rganing Xorijiy tilda gapirishni hech qachon yozish yoki o’qish orqali o’rgana olmaysiz. Gapirishni o’rganish yaxshigina amaliyotni talab etadi. Ingliz tilid...
Qiziqarli va kerakli ma'lumotlar