Skip to main content

Ingliz tilida ravon gapirishni o'rganish

Xorijiy tilni asosan muloqot uchun o’rganishadi. Ingliz tili ayni davrda juda ommalashganini hisobga olsak, ingliz tilida gapirishni o’rganish har qaysi soha vakillari uchun foydali bo’lishi mumkin. Har kim tilni turli usullarda o’rganadi. Barcha uchun bitta qoida amal qilishiga ishonmayman. Xorijiy tilda gapirishni o’rganish haqida gap ketganda esa tilni boshqa maqsadlarda, umumiy o’rganishga nisbatan farqli jihatlarga e’tibor qaratish zarurligini ko’rishimiz qiyin emas. Ushbu maqolada ingliz tilida gapirishni o’rganishingizda yordam berishi mumkin bo’lgan ba’zi shaxsiy sinovimdan o’tgan tavsiyalarni bermoqchiman. Aytib o’tganimdek, bitta qoida barcha uchun amal qilmaydi. Shunday ekan, ingliz tilida gapirishni o’rganishning o’zingizga eng qulay bo’lgan usulini tanlab oling!


Ingliz tilida gapirishni gapirish orqali o’rganing

Xorijiy tilda gapirishni hech qachon yozish yoki o’qish orqali o’rgana olmaysiz. Gapirishni o’rganish yaxshigina amaliyotni talab etadi. Ingliz tilida ko’proq muloqot qilishga harakat qiling. Do’stingiz bilan telefon orqali gaplashganda, kundalik muloqot davomida, dars vaqtida faqat ingliz tilida gapirishga harakat qiling. Ingliz tilida gapiradigan tanishlaringiz kam bo’lsa o’quv kurslarida, ta’lim muassasalarida, yoki ijtimoiy tarmoqlarda Siz kabi ingliz tiliga gapirishni o’rganish ishtiyoqida bo’lganlar bilan tanishishingiz mumkin. Tilni jamoaviy o’rganish ancha oson kechadi.

Ingliz tilida qo’shiq ayting!

O’zingiz yoqtirgan inglizcha qo’shiqlarning matnini internet orqali topish juda oson. Qo’shiq matniga qaragan holda honandaga jo’r bo’lib hirgoya qilishingiz ham mumkin. Bu mashg’ulot Sizga zavq berishi bilan birga ingliz tilidagi so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishingizda, gapirish tezligingizni oshirishda yordam berishi mumkin.

Ingliz tilida gapirish bo’yicha darslarda qatnashing

Hozirgi vaqtda deyarli barcha shaharlarning kutubxonalarida, oliy ta’lim muassasalarida va yoshlar makzalarida ingliz tili klublari bor. Guruhlarga a’zo bo’lgan holda ingliz tiliga qiziquvchilar bilan jonli muloqotlarda, muhokamalarda qatnashishingiz mumkin. Ingliz tilida gapirishni Jonli Ingliz Tili Darslari kabi ko’plab online platformalarda uyingizdan chiqmagan holda ham o’rganish mumkin.



Ingliz tilida gapirish juda oson. Agar Siz bu tilda gapirishga qiynalayotgan bo’lsangiz, bu qiyinchilik faqat vaqtincha ekanligini unutmang! Tilda gapirishni, harakat qilishni kuchaytirsangiz tez orada ingliz tilida aniq va ravon gapiradigan bo’la olasiz.


Popular posts from this blog

Dunyoning eng keng ko'chasi, eng suvi toza dengiz va boshqa qiziqarli faktlar!

Dunyodagi eng keng ko'cha Braziliyada joylashgan bo'lib kengligi 250 metrga boradi. ••• Janubiy Amerika qit'asida okean bilan chegaradosh bo'lmagan ikki davlat mavjud. Ulardan biri Boliviya bo'lsa, ikkinchisi Paragvaydir. ••• 1930-1931 yillarda sobiq ittifoq inqilobiy taqvimiga muvofiq, fevral oyi 30 kundan iborat bo'lgan. ••• Jahon internet to'ridagi eng katta oldi-sotdi portali esa www.eBay.com hisoblanadi. Mazkur saytning 168 mln. nafar foydalanuvchisi bor. ••• Dunyodagi eng toza suvga ega bo'lgan dengiz Antarktidadagi Ueddela dengizidir. ••• Evropa qit'asida odam yashamaydigan xilvat joyni topa olmaysiz. ••• Yaponiya taxminan 3900 oroldan tashkil topgan. ••• Mongoliya poytaxti Ulan-Bator dunyodagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi. ••• Nauru rasmiy poytaxtga ega bo'lmagan yagona davlatdir. ••• Karib oroli davlatlari ichida temir yo'lga ega bo'lgan birgina davlat Kubadir. ••• AQShning 23 ta shtat...

IELTSga mustaqil tayyorlanish uchun eng yaxshi 10 ta kitob.

Hozirgi kunda aksariyat nashriyotlar IELTS imtihonlariga tayyorlanish uchun ihtisoslashgan kitoblarni chop etmoqda. Shunday ekan to'g'ri tanlangan kitob, imtihonga tayyorlanishning garovidir. Ammo bunday kurslarga borish uchun hammaning ham imkoniyati yetarli emas, shuning uchun ko'pchilik IELTS imtihonlariga mustaqil tayyorlanishni maqul ko'rishadi. Agar siz IELTS imtihoniga mustaqil tayyorlanishni istasangiz, Bu blogda imtihonning har bir qismi uchun alohida tayyorlagan maslahatlar bilan tanishib oling. Mustaqil tayyorlanish uchun siz mahsus kitoblardan foydalanishningiz kerak bo'ladi. 1."Insight into IELTS", Vanessa Jakeman and Clare McDowell Insight into IELTS - bu "Cambridge University Press"ning kitoblar seriyasi bo'lib imtihonlariga mustaqil tayyorlanish uchun yaxshi kitob sifatida tan olingan. Kitoblarda imtihonning hamma bosqichlari uchun yetarlicha ma'lumotlar, javoblari ko'rsatilgan mashg'ulot va savollar...

Qanday qilib ingliz tilini tezda o'rgansa bo'ladi?

Odatda menga eng ko‘p beriladigan savollardan biri til o‘rganish bilan bog‘liq: «Ingliz tilini qanday tezroq o‘rgansam bo‘ladi?» Shu sababli, mazkur maqolada har qanday til o‘rganishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish kerakligi haqida 5 maslahat bermoqchiman . 1. Maqsadni aniq belgilab oling. Aniq maqsadsiz biron ishda, xususan til o‘rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o‘zi nimaga o‘rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o‘qishdan keyin xususiy til o‘rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha «Why do you want to study English?» savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko‘pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan «Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar» deydiganlar ko‘p uchrar edi. Til o‘rganish uzun va mashaqqati jarayon bo‘lgani sababli, bu yo‘lga aniq maqsadsiz chiqqan kishi tilni hech qachon o‘rgana olmaydi. Aksincha, oldingizga qo‘ygan maqsadingiz qancha jiddiy ...