Skip to main content

Posts

Qanday qilib ingliz tilini tezda o'rgansa bo'ladi?

Odatda menga eng ko‘p beriladigan savollardan biri til o‘rganish bilan bog‘liq: «Ingliz tilini qanday tezroq o‘rgansam bo‘ladi?» Shu sababli, mazkur maqolada har qanday til o‘rganishda asosiy e’tiborni nimaga qaratish kerakligi haqida 5 maslahat bermoqchiman . 1. Maqsadni aniq belgilab oling. Aniq maqsadsiz biron ishda, xususan til o‘rganishda, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Shu sababli, ingliz tilini o‘zi nimaga o‘rganmoqchi ekanligingiz haqida mulohaza qiling. Talabaligimda o‘qishdan keyin xususiy til o‘rgatish markazida ingliz tilidan dars berganman. Ilk darsni hamisha «Why do you want to study English?» savolidan boshlar edim. Afsuski, sinfning yarmidan ko‘pi aniq maqsadni ayta olmas edi. Soddalik bilan «Ota-onam yuborayapti, foydasi tegib qolar» deydiganlar ko‘p uchrar edi. Til o‘rganish uzun va mashaqqati jarayon bo‘lgani sababli, bu yo‘lga aniq maqsadsiz chiqqan kishi tilni hech qachon o‘rgana olmaydi. Aksincha, oldingizga qo‘ygan maqsadingiz qancha jiddiy ...

Palov haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar!

Palov o'zbek xalqining eng sevimli taomi hisoblanadi. Har bir oilada haftasiga kamida ikki marta albatta palov pishiriladi. Odamlar xursandchilik kunlarida, to'ylarda va azada ham palovsiz marosim o'tkazmaydi. O'zbekiston ahli uchun palov nafaqat taom, balki haqiqiy san'at asaridir. Chunki har bir viloyatning o'ziga xos palovi bor. Quyida palov haqida qiziqarli faktlarni e'tiboringizga havola etamiz. 1. Dunyoning ko'plab davlatlarida palov o'sha joyda yashovchilar tarafidan alohida nomlangan. Masalan, Ispaniyada palovni Paelya deb atashadi. Uning o'zbek palovidan farqli jihati shundaki, paelya dengiz mahsulotlari qo'shilgan holda tayyorlanadi. 2. Qadimda O'rta Osiyoda palovni qo'y terisiga o'rab pishirishgan. Buning uchun chuqur kovlangan. Qalin va mustahkam qo'y terisiga palov masalliqlari solib berkitilgan. Teri ustiga ko'mir tashlab olov yoqishgan. Shunday qilib ichkaridagi harorat bir xilda ushlab turilga...

Eng ko'p sotilgan mahsulot, dunyodagi barcha kitoblar soni va boshqa qiziq faktlar

Dunyodagi eng ko'p sotiladigan mahsulot nima ekanligini bilasizmi? Shubhasiz, ozchilik taxmin qiladi! Va bu Rubik kubidir. Aynan o'sha "hit parad" ning birinchi qatorini egallagan kishi. Ikkinchi o'rinda iPhone.  *** Yigit va qiz turmush qurishdan avval qancha uzoq muddat bir-biri bilan gaplashib, sirlashib yursa, nikoh ham shu qadar mustahkam bo`lishi aniqlangan. *** Janubiy Koreyada tug’ilgan bolaning yoshi tug’ilgan yil, kun, oydan boshlab emas, balki onasining homilador bo’lib qolgan kunidan boshlab hisoblanadi. Shuning uchun koreyalik bolalar boshqa mamlakatlarda yashovchi tengqurlaridan 9 oylik katta. *** Ninachilar hamma hasharotlarga qaraganda tezroq uchadilar. Ularning parvoz tezligi soatiga 57 kilometrni tashkil etadi. Butun dunyoda hozirgi kungacha 130millionga(129,864,880 aniq soni) yaqin kitoblar nashr etilgan. *** Taxminan yuz millionda bitta odamda yomgirga nisbatan allergiya bo’ladi. Suvning har bir turi ...

Kitob va telefon

Bir kuni maqtanib qoldi TELEFON: - Odamlar qo‘lidan tushmayman zinhor Men go‘zal "Samsung"man, men o‘shal "Iphone",  Chunki, mening "ULUGÊ»" internetim bor. KITOB javob berdi sokin va beg‘am:  -Mayli sen har qalbga ziyo solgansan. Faqat haqiqatni tan olgin, bolam,  Ahir, hammasini mendan olgansan. Xurshid Karim.

Yomoni...

Yomoni... Eng yomoni sarob, Ro‘yolarni his qilib o‘tmoq, Savolingga ololmay javob, Kelmasligin bilsangda kutmoq. Yomoni… Eng yomoni armon, Ishqni dilda nihon tug‘yoni. Ushalmas orzuda kuyib jon, Ko‘zlarida ko‘rmoq dunyoni. Yomoni… Eng yomoni alam, Ishqingning eng hur chog‘larida, Ko‘rmoq uning soyasini ham, O‘zga yorning quchoqlarida. Yomoni… Eng yomoni yolg‘on, Yuragingga solib ming yamoq, Olovlarda jizzilatib jon, Sevgisidan tonib yashamoq. Muslima Komiljon qizi

Insoniyat tarixidagi eng shafqatsiz imperator: Chingizxon haqida qiziq faktlar

Buyuk lashkarboshi Temuchinning ham hamma qatori sirlari bor edi. Ularning ba’zilari oddiy, boshqasi juda mudhish... Chingizxon — o‘z akasining qotili Chingizxonning otasi qo‘shni qabilaga hujum chog‘i halok bo‘lgach, yetti bolani tarbiyalash, to‘ydirish onaning zimmasiga tushadi. To‘qqiz yoshida bo‘lajak fotih ovqat ustida janjallashib, o‘z akasi Bekterni o‘ldirib qo‘yadi. «Kuydirilgan yer» taktikasi Chingizxonning dastlabki yurishlari barcha dushman qabilalarni qirib tashlash bilan yakun topgan. Hatto ayollar va yosh bolalar ham ayab o‘tirilmagan. Mo‘g‘ullar hukmdori hech kimga shafqat qilmagan, uning qo‘shinlaridan faqat kuyik yer qolgan, xolos. «E’tiqodli butparast» Mo‘g‘ul xoni dinlarni imperiyada tartib-intizomni ta’minlovchi vositalardan biri deya hisoblagan. U jahon dinlari asoslarini diqqat bilan o‘rgangan. Uni ayniqsa islom, daosizm va xristianlik qiziqtirgan. Imperiya hududida istalgan dinga e’tiqod qilish huquqi berilgan, ayyor hukmdor shu orqali davlatning bi...

IELTSga mustaqil tayyorlanish uchun eng yaxshi 10 ta kitob.

Hozirgi kunda aksariyat nashriyotlar IELTS imtihonlariga tayyorlanish uchun ihtisoslashgan kitoblarni chop etmoqda. Shunday ekan to'g'ri tanlangan kitob, imtihonga tayyorlanishning garovidir. Ammo bunday kurslarga borish uchun hammaning ham imkoniyati yetarli emas, shuning uchun ko'pchilik IELTS imtihonlariga mustaqil tayyorlanishni maqul ko'rishadi. Agar siz IELTS imtihoniga mustaqil tayyorlanishni istasangiz, Bu blogda imtihonning har bir qismi uchun alohida tayyorlagan maslahatlar bilan tanishib oling. Mustaqil tayyorlanish uchun siz mahsus kitoblardan foydalanishningiz kerak bo'ladi. 1."Insight into IELTS", Vanessa Jakeman and Clare McDowell Insight into IELTS - bu "Cambridge University Press"ning kitoblar seriyasi bo'lib imtihonlariga mustaqil tayyorlanish uchun yaxshi kitob sifatida tan olingan. Kitoblarda imtihonning hamma bosqichlari uchun yetarlicha ma'lumotlar, javoblari ko'rsatilgan mashg'ulot va savollar...